11:39 / 14.06.2016
4256

Osiyodagi eng yaxshi OUYu maqomini qatorasiga uchinchi yil Singapur Milliy universiteti qo‘lga kiritdi

Singapur Milliy universiteti qatorasiga uchinchi yil Osiyoning eng yaxshi oliy o‘quv yurti maqomini o‘zida saqlab qoldi. Bu haqda Britaniyaning Quacquarelli Symonds kompaniyasi tahlillarida ma'lum qilingan.

Ikkinchi o‘rin esa, o‘tgan yildagi singari Honkong universiteti qo‘lga kiritgan. Undan keyin Singapurdagi yana bir oliy o‘quv yurti – Nanyan texnologiya universiteti tilga olingan.

To‘rtinchi o‘rinda Honkongning fan va texnologiya universiteti, beshinchi o‘rinda Tsinxua universiteti tilga olingan. Koreya fan va texnologiya universiteti ham bu yil o‘z natijalarini yangilab, birdaniga uch pog‘onaga ko‘tarilgan.
Bu yil 350 ta oliy o‘quv yurti tahlildan o‘tgan. O‘tgan yili ular soni 300 ta edi.

 

Top