13:55 / 14.06.2016
3882

Samarqandda o‘tkazilgan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasida 15 ga yaqin korxona ishtirok etdi

Samarqand tumani Bandlikka ko‘maklashish markazida joriy yilning 7 iyun kuni tuman hududida joylashgan “SAM ROS XOLOD” qo‘shma korxonasi “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarka”si o‘tkazdi.   

O‘tkazilgan mehnat yarmarkasida tumandagi 15 ga yaqin korxona, 35 ga yaqin ishlab chiqaruvchi va muassasa o‘zlaridagi 387 dan ziyod vakansiya hamda kvotalangan ish o‘rinlari bilan qatnashdilar. 

Yarmarkada 200 nafardan ziyod kollej bitiruvchilari hamda tashqi mehnat migrantlari qatnashib, ulardan salkam 150 nafariga huquqiy maslahatlar, 90 nafariga vakansiya va kvotalangan bo‘sh ish o‘rinaridan o‘zlariga ma'qul kelgan ish o‘rinlariga yo‘llanmalar berildi.

Top