22:32 / 14.06.2016
4820

Saudiya Arabistoni savdo biznesini yuritish uchun xorijliklar uchun huquqlarni kengaytirmoqda

Saudiya Arabistoni iqtisodiy islohotlar doirasida xorijiy kompaniyalarga mamlakat savdosining ulgurji va chakana sektorlarida 100 foiz biznesga egalik qilishga imkon beruvchi qoidalar majmuini ma'qulladi, deb xabar bermoqda Saudi Press Agency (SPA) axborot agentligi. 

"Ushbu qaror qirollik iqtisodiyotini neftdan kamroq bog‘liq bo‘lishga qaratilgan "Nuqtai nazar 2030" strategik islohotlari loyihasiga muvofiq qabul qilingan", deb  SPA’ning xabarini keltirib o‘tdi "Frans Press" axborot agentligi. 

Neft narxlari 2014 yildan beri deyarli 2 barobarga kamayib ketganiga qaramasdan, "qora oltin"ning sotilishi Saudiya Arabistoni daromadining eng katta manbai hisoblanadi.

Islohotlar loyihasi doirasida mamlakat biznesga egalik qilish va xorijiy investitsiyalarga cheklovlarni yumshatmoqchi.

Top