18:22 / 14.06.2016
17639

Smartfon egalari ishonuvchi 10 ta “haqiqat”

Siz hanuz gadjyetlaringizni to‘liq quvvatsizlantirib, keyin zaryadlashga qo‘yasizmi? Bu nafaqat befoyda, balki zararlidir. Agarda siz ochilgan dasturlarni smartfon yanada tezroq ishlab qoladi, degan maqsadda yopib chiqsangiz, yodda tuting: siz faqat ziyon ish qilasiz.  

Shunday qilib, biz bu maqolada eng keng tarqalgan zamonaviy smartfonlar haqidagi cho‘pchaklarni taqdim etamiz.

 

1. Zaryadlashdan oldin batareyani to‘liq quvvatsizlantirish kerak

Bu temir-nikelli va nikel-metalldridli akkumulyatorlar davrida dolzarb edi. Ularni sotib olgach, avvaliga to‘liq zaryadlash talab qilinar edi. Aks holda, ularda telefon ishlayotgan mahal sig‘imni kamaytiruvchi kimyoviy o‘zgarishlar paydo bo‘lardi.

Zamonaviy litiy-ionli akkumulyatorlarda «xotira» effekti yo‘q. Bundan tashqari, litiy-ionli akkumulyatorlarni tez-tez zaryadlash va quvvatning butunlay tugab qolishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Shundagina ular tez va ko‘proq ishlaydi. Litiy-ionli batareyalarni 50 foizdan tushirmagan holda quvvatlab yurish maqsadga muvofiqdir.  

 

2. Hozir antiviruslarni smartfonlarga ham qo‘ysa bo‘ladi 

Android tizimi asosida Linux yadrosi bo‘lib, u kirish huquqini nazorat qilishga va uni to‘g‘ri ishlashiga  javob beradi. U  «qumdon» (sandbox) deb ataladi: har bir dasturning o‘z identifikatori hamda xotira katalogi mavjud. Shu sababli undagi ma'lumotlar boshqa dasturlarda himoyalangan bo‘ladi.  Bu tizim har bir dasturning ma'lumotlarini hujumlardan saqlashga yordam beradi. Android-qurilmaga o‘rnatilgan har qanday dasturning o‘z «qumdon»i bor bo‘lib, agar virus tushib qolsa, u faqat SD kartadagi ma'lumotlarga kira oladi.   

Shunday ekan, antiviruslarni o‘rnatishning keragi yo‘q. Muammolardan xalos bo‘lishning eng oson yo‘li — begona ilovalarni ko‘chirib olish kerak emas, eng yaxshisi Google Play o‘zidan dasturlarini yuklagan ma'qul. Dasturlarni saralash chog‘ida Google ko‘p hollarda ziyon keltiruvchi dasturiy ta'minotlarni rad etadi. Shuning uchun viruslarga duch kelish xavfi kamroqdir. 

 

3. Vazifalar menejyeridagi yopiq dasturlar smartfonning ishlash tezligini oshiradi 

Uzoq yillar davomida ochilgan dasturlarni yopib qo‘yish akkumulyator quvvatini saqlab qolishga va tez harakatlanuvchi tizimni ta'minlab berishga yordam beradi, degan fikrlar yuradi. Katta smartfon yoki plansheti bor insonlar esa Task Killers — dasturlarni avtomatik tarzda berkituvchi xizmatdan foydalanishadi. Aslida bu «yordamchi» xizmat nafaqat «vaqt o‘g‘irlaydi», balki mutlaqo foydasiz hamdir: yopiq dasturlar smartfonlar tezligiga hech qanday ta'sir ko‘rsatmaydi.  Gap shundaki, Android'da «yopiq» dasturlar smartfon zaryadini iste'mol qilmaydi va ularni qaytadan tezroq ishga tushirish uchun telefon xotirasida qoladi. 

Yuqoridagi fikrlar Apple qurilmalariga ham tegishli. iOS mustaqil tarzda dasturlarni yopa oladi. Ko‘p vazifali panellar oynasi — bu shunchaki so‘nggi bora foydalanilgan dasturlar skrinshotidir.                           

Biroq kichik istisnolar ham mavjud. Masalan, Facebook mijozi bo‘lgan smartfonda hattoki, fon rejimida ham batareya hajmi kamayib boradi. Bunday faol dasturlarni qo‘lga olish va sozlamalar menyusi orqali resurslardan foydalanish imkoniyatini cheklash zarur.

 

4. Protsessorda yadro qancha ko‘p bo‘lsa, smartfon shuncha ko‘p ishlaydi

Katta hajmdagi yadro, yuqori taktli chastota, ekranning kengligi va kameradagi tuganmas megapiksellar — bari foydalanuvchi ko‘zini quvontiradi. Biroq amaliyotda bu aks ta'sir ko‘rsatishi mumkin.

Shuningdek, yadrolarning katta hajmda bo‘lishi yuqori ishlab chiqarishni belgilab bermaydi. Masalan, zamonaviy Apple gadjyetlari bor-yo‘g‘i ikki yadrodan iborat, lekin elektron bozorda ular doim reytingning yuqori cho‘qqilarini zabt etib kelmoqda. 

 

5. Qancha megapiksellar ko‘p bo‘lsa, kamera shuncha sifatli suratga oladi 

Hozirda megapiksellar kamera sifatini baholashda asosiy mezon sanaladi. Marketologlar fikricha: ular qancha ko‘p bo‘lsa — kamera shu qadar yaxshi va mo‘'jizakor suratga oladi. Aslida esa megapiksellar qiymati bor-yo‘g‘i kattalikka, ya'ni surat hajmiga e'tibor qaratadi. Suratlarning sifatli bo‘lishiga megapiksellarning hajmi ta'sir ko‘rsatishi mumkin — ular qancha katta bo‘lsa, yorug‘lik shuncha keng joyga tushadi va kam xiraliklar kuzatiladi. 

Asta-sekinlik bilan reklama kompaniyalari megapiksellarni unutib, asosiy urg‘uni obektiv diafragmasi va piksel hajmiga berishni lozim topmoqda.  Galaxy S6 bilan qiyoslaganda, Samsung Galaxy S7 matritsa imkoniyati 16dan 12 megapikselga qisqargan. Biroq suratlar sifati yanada yaxshilangan. 

 

6. Agarda «Parvoz» rejimi yoqilsa yoki SIM-karta olib qo‘yilsa, maxsus xizmatdagilar sizni nazorat qila olmaydi 

Mutaxassislar uzoq masofadan ham o‘chirilgan qurilmani tekshira olishadi. O‘chiq bo‘lib ko‘ringan smartfon aslida eng kam energiya iste'moli rejimida bo‘lishi va aloqani o‘rganib borishi mumkin. Mazkur muammoning so‘nggi yechimi gadjyetni o‘zingiz bilan olib yurmaslik yoki undagi batareyani olib tashlash bo‘ladi.

 

7. Tez zaryadlash batareyka uchun zararli 

Ko‘p yillar avval akkumulyatorlarni tez quvvatlash uning sig‘imini kamaytirib, ish faoliyatini qisqartirishga olib keladi, deb hisoblashgan. 2014 yil oxirida SLAC National Acceleration Laboratory tadqiqot markazi olimlari tomonidan o‘tkazilgan tajriba esa tez yoki odatiy zaryadlashdan qat'i nazar akkumulyator elektrodlari energiyani ketma-ket va to‘g‘ri taqsimlashini aniqlashdi. Demak bu ham shunchaki quruq gap ekan. 

 

8. Yoniq qolgan Bluetooth moduli ko‘p quvvatni sarflab yuboradi  

Nazariy jihatdan, agarda aloqa modullari ishlayotgan bo‘lsa — ular energiyani iste'mol qiladi. Ko‘plab zamonaviy smartfonlar Low Energy protokoli va  Bluetooth 4.0 standartidan foydalanadi. Bu texnologiya katta tezlik bilan quvvat ketishini kamaytiradi. Agarda quvvatni tejashni istasangiz,  «ko‘k tish»ni o‘z holiga qo‘yib, yaxshisi ekran yorug‘ligini pasaytiring.  

 

9. Displeyda piksel nuqtalari ko‘p bo‘lsa, sifat ham yaxshi bo‘ladi 

Displeydagi piksellar zichligini oshirish hech qanday vizual effekt bermaydi va sifatni ham yaxshilamaydi. Sotuvchilar urfdan qolayotgan  4K ekranli gadjyetlarni sotishni istashmasa-da, katta piksellilar sifatni ta'minlab bera olmaydi.

Piksellarning yuqori zichligidagi displey grafik protsessoriga bo‘lagan talabni yanada oshiradi, ya'ni bu smartfon quvvatini ko‘p sarflanishiga olib keladi.

 

10. Operativ xotira qancha ko‘p bo‘lsa, tizim ham shuncha tez ishlaydi 

Avvalari smartfonlarning ko‘pchiligi ikki-uch gigabaytlar bilan cheklanar edi, hozirda esa to‘rt gigabaytli versiyalar ham paydo bo‘lmoqda. Shuningdek, 6 GBli devayslar yaratilishi haqida ham mish-mishlar tarqalgan.

Ikki, uch yoki undan ko‘p operativ xotira? Shunday savol berilganida, ko‘pchilik «qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha yaxshi, deyishi aniq. Biroq birinchidan, operativ xotira sekin ishlashni boshlaydi, ikkinchidan qurilmaning tezligi operativ xotiradagi ortiqcha joyga emas, balki dasturiy qismni optimizatsiya qilishga bog‘liq. Uchinchidan, pochta, pleyer, ijtimoiy tarmoq kabi oddiy vazifalar uchun  2 GBdan ortiq «operativkalar» talab etilmaydi. 

Agarda siz chinakam o‘yinlar va gadjyet ishqibozi bo‘lsangiz, katta hajmli xotiraga ega smartfon sotib olsangiz arziydi.

Top