22:59 / 14.06.2016
3852

Turkiya bosh vaziri YeI uchun mamlakat antiterror qonunchiligi o‘zgarmasligini ma'lum qildi

Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim garchi mamlakat va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida vizasiz rejim joriy bo‘lgan taqdirda ham antiterror qonunchiligi o‘zgarmasligi haqida ma'lum qildi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Avvalroq OAVda Germaniya kansleri Angela Merkel Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning Turkiya va YeI o‘rtasida vizasiz rejimni joriy etish masalasida qo‘yilgan shartlarni bajarmagan taqdirda ham kelishuvga tayyor ekanligi to‘g‘risida xabar chiqqan edi.

Top