14:53 / 14.06.2016
6429

Urganch shahrida «Kamolot» YoIHning VII Konferentsiyasi o‘tkazildi

Mezbonlar tomonidan Konferentsiya delegatlari va mehmonlar kutib olinib, ro‘yxatdan o‘tkazildi. «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati faoliyati hamda iste'dodli yoshlarning ijodiy ishlari namunalaridan lavhalar namoyish etildi.

Urganch ijtimoiy-iqtisodiyot kolleji boshlang‘ich tashkilot yetakchisi Koziyeva Nigora tomonidan konferensiya ochiq deb e'lon qilindi.

Harakatning Urganch shahar Kengashi raisi Ibrohim O‘runov so‘zga chiqib, harakatning 2,5 yil mobaynida erishgan yutuqlari, uning yoshlar hayotida nechog‘lik katta ahamiyatga ega ekanligi to‘g‘risida so‘z yuritdi.

Shuningdek, shaharning iqtidorli va is'tedodli yoshlarining erishgan yutuqlarini keltirib o‘tdi.
 

Top