07:29 / 15.06.2016
4307

Albaniya bosh murabbiyi: Fransiyaga o‘z futbolini o‘ynashga imkon bermaslikka harakat qilamiz

Albaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Janni de Byazi Yevro-2016’da Fransiyaga qarshi uchrashuv oldidan o‘z fikrlarini aytib o‘tdi.

"Biz Fransiyani yaxshi bilamiz. Ular o‘z uylarida o‘ynamoqdalar va muxlislar ularni oldinga intiltiradilar. Biz raqibimizga o‘z futbolini o‘ynashga imkon bermaslikka va imkon bo‘lganda qarshi hujumlar uyushtirishga harakat qilib ko‘ramiz. Kingsli Koman aqlbovar qilmas sur'atlar bilan taraqqiylashmoqda. Ngolo Kante ham kashfiyot bo‘ldi – u premer-ligada ajoyib o‘yin ko‘rsatdi. Umuman olganda, Fransiya dunyodagi eng yaxshi jamoalardan biridir.

Biz Shveytsariyaga qarshi yaxshi o‘ynadik, biroq gol urish imkonini boy berdik. Deyarli bir soat bizdan reytingi baland juda kuchli jamoa bilan tengma-teng o‘ynadik. Biz o‘yinda muvozanat topish ustida ishladik va mashg‘ulotlarda mashq qiladiganlarimizni hayotga tatbiq qilishga harakat qilib ko‘ramiz", deb aytdi De Byazi.

Eslatib o‘tamiz, uchrashuv bugun, 15 iyunda Marseldagi "Velodrom" stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv tungi soat 00:00da boshlanadi.

Top