17:34 / 15.06.2016
4830

Yevro-2016: Fransiya - Albaniya uchrashuvi anonsi

Bugun, Toshkent vaqti bilan soat 23:59da Marsel shahridagi "Velodrom" o‘yingohida Yevropa chempionatining A guruhidagi Fransiya va Albaniya terma jamoalari uchrashuvi boshlanadi. O‘yin hakami shotlandiyalik Uilyam Kallum.

Fransiya o‘zi mezbonlik qilayotgan turnirni Ruminiya ustidan 2:1 hisobidagi g‘alaba bilan boshladi. Lekin Dide Desham shogirdlari bu o‘yinda kutilganidek to‘la ustunlik qilishmadi.

Fransiyadan kelayotgan xabarlarga ko‘ra, Desham Albaniyaga qarshi uchrashuv uchun tarkibda kardinal o‘zgarishlar amalga oshirishi mumkin. U birinchi o‘yinda ishonchni oqlamagan Pol Pogba va Antuan Grizmanning o‘rniga boshlang‘ich tarkibda Antoni Marsiyal va Kingsli Komanni tushirishni mo‘ljallamoqda. Bu variantga ko‘ra, Payye birinchi o‘yindagidan farqli o‘laroq orqaroqqa suriladi.

Albani ham bugungi uchrashuvda guruhdan chiqish imkoniyatlarini saqlab qolish uchun kurashadi. Bolqonliklar birinchi uchrashuvda Shveytsariyadan ijrochilar yetishmasligi tufayli mag‘lub bo‘ldi. Qolaversa, birinchi o‘yinda jamoa sardori Lorik Tsana qizil kartochka olgan va bugun u o‘ynamaydi. Murabbiy De Byazi jamoa bilan o‘tgan yili Fransiyani yenggandi, ammo bu o‘rtoqlik uchrashuvida ro‘y bergan. Undan oldinroq esa jamoalar durang o‘ynagan.

Taxminiy tarkiblar:

Janni De Byazi, Albaniya terma jamoasi bosh murabbiyi:
“Biz Fransiyani yaxshi bilamiz. Ular o‘z maydonlaridagi o‘yinda faqat oldinga intilishadi. Biz ularga o‘z o‘yinlarini namoyish etishga yo‘l bermasligimiz, qarshi hujumlar uchun payt poylashimiz kerak bo‘ladi. Kingsli Koman o‘ta tez o‘smoqda, Ngolo Kante yil kashfiyoti. Umuman olganda, Fransiya — hozir dunyodagi eng kuchli jamoalardan biri. Biz Shveytsariyaga qarshi yaxshi o‘ynadik, ammo gol ura olmadik. Biz mashg‘ulotlar vaqtida birinchi o‘yindagi xatolar ustida ishladik”.

Dide Desham, Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi:
"O‘yindan oldin ajoyib muhit yuzaga kelgan. Yangi Velodrom —  futbol muhiti iborasini ifodalamoqda. Bu yerga 2014 yildan buyon endi qaytmoqdaman. Stadionni rekonstruksiya qilishgan, bu stadionni, Marselni va eski tanishlarni ko‘rishdan mamnunman.
Albaniya — o‘yini yaxshi tashkil etilgan jamoa, ularda italyan murabbiy. Ular yaxshi himoyalana olishadi, qarshi hujumlarda tezkor.
Albanlar mehnatkash va maydonning har bir qismi uchun kurashadi. Biz buni Shveytsariyaga qarshi bahsda ko‘rdik, ular kamchilik bo‘lib o‘ynab, o‘yin oxirida gol urishlari ham mumkin bo‘ldi.

Top