18:20 / 15.06.2016
7398

Flagmanlarning yangi "qotili" namoyish qilindi - OnePlus 3 (18ta surat+video)

OnePlus kompaniyasi o‘zining uchingchi flagmani - OnePlus 3'ni rasman taqdim qildi. Ishlab chiqaruvchi yangi qurilmani boshqa kompaniyalar flagmanlarining "qotili" sifatida qayd etmoqda - u flagman qurilmalarni hamyonbop narxda taklif etadi. Yangi smartfon AQShda 400 dollardan, Yevropa hududida esa - 400 yevrodan sotiladi. 

Xaridor bu pulga metall korpus bilan qoplangan,  1920x1080 pikselli Full HD imkoniga ega 5,5 dyuymli Optic AMOLED displey, Qualcomm Snapdragon 820 top-protsessori, 6Gb operativ va 64 Gb biriktirilgan xotira, 2ta sim-kartaga mo‘ljallangan slot, barmoq izlari skaneri hamda 3000 mAch hajmli akkumulyatorni yarim soat ichida 63 foizga qayta tiklaydigan Dash Charge tezkor quvvatlagichi bilan ta'minlangan OnePlus 3 yangi qurilmasini taklif etadi. Asosiy kamera - f/2.0 aperturasi va barqaror optik tasvirga ega 16-Mp  Sony IMX298. 8-Mp'li frontal modul "tabassum" bo‘yicha selfi qilishga qodir. Qurilmada Wi-Fi 802.11ac va Bluetooth 4.2 modullari ham mavjud, u 4G LTE-tarmoqlarni va USB Type-C portini qo‘llaydi. Yangi smartfonning o‘lchami 152.7x74.7x7.35 mm, vazni esa - 158 gramm.  OS vazifasini Oxygen qobiqli Android 6.0.1 Marshmallow bajaradi.

 

Top