16:18 / 15.06.2016
4261

Robbi Uilyamsning Los-Anjyelesdagi 5,45 mln dollarlik uyi 11 mln dollarga baholandi

Mashhur britaniyalik pop-qo‘shiqchi Robbi Uilyams 2002 yilda 5.45 mln dollar evaziga sotib olgan Los-Anjyelesdagi  uyini 11 million dollar foydasi bilan sotishni mo‘ljallayapti, deya xabar bermoqda The Wall Street Journal nashri. 

Maydoni 984,8 kv.m ni tashkil etgan uy San-Fernando vodiysiga qaragan Beverli-Xillz tepaligida joylashgan bo‘lib, 7 yotoqxona, ovoz yozish studiyasi va ofisdan iborat. Xonalar esa zamonaviy uslubda jihozlangan. Hovlining orqa qismida kichik sharsharali hovuz, oshxona va toza havoda ovqat pishirish uchun mo‘ljallangan ayvon mavjud. 

2002 yilda EMI ovoz yozish studiyasi bilan birgalikda  yetti musiqiy albomni yozish uchun shartnoma imzolagan Robbi “qimmatbaho uyi”ni ham aynan shu yil sotib olgan edi. O‘sha paytda qo‘shiqchi imzolangan shartnomasi uni o‘zi kutganidek boyitib yuborishini taxmin qilgan edi. 
Ayni damda sotuvda bo‘lgan uy qarshisida boshqa bir uyni xarid qilishganiga qaraganda Uilyams va uning rafiqasi Los-Anjyelesni hali beri tark etadiganga o‘xshamaydi. 

Mahalliy riyeltorlardan biri  Jyeff Kolning fikricha, “o‘n yil davomida ularning bir joyda yashashi shaharning bir qismini to‘liq kashf etishlari uchun yetarli muddat”, deb hisoblaydi.

1974 yilda tug‘ilgan qo‘shiqchining albomlari 55 mln nusxada sotilgan. Avvaliga mashhur Take That guruhi tarkibi a'zosi bo‘lgan Robbi 1990 yilda o‘z yakkaxon ijodiga kirishib, dunyo bo‘ylab shuhrat qozondi.

Top