22:17 / 15.06.2016
6975

Sochida o‘z qizini garovga olgan erkak taslim bo‘ldi

Sochida politsiyachilar o‘z otasi tomonidan garovga olingan qiz bolani ozod etishdi, deb xabar beradi TASS Krasnodar o‘lkasi IIV bosh boshqarmasining matbuot xizmatiga tayanib.

 “Olti soatdan ko‘proq davom etgan muzokaralardan so‘ng ota o‘z farzandini qo‘yib yubordi”, - deb xabar berdi boshqarma. 

Avvalgi xabarlarda ma'lum bo‘lishicha, erkak rafiqasi bilan bo‘lgan janjaldan so‘ng o‘zining 12 yoshli farzandini garovga olgan. 

Top