10:06 / 15.06.2016
13687

Timsoh Orlando shahridagi Disneylendda bolani suv ostiga olib ketdi

Amerikaning Florida shtati Orlando shahrida dahshatli voqea sodir bo‘ldi. Disneylend bog‘i yaqinidagi Grand Floridian Resort & Spa mehmonxonasi yaqinida timsoh yosh bolani suvga tortib ketgan, deb xabar qilmoqda TMZ. Ayni vaqtda, mahalliy politsiya xodimlari 2 yoshli bolani qidirish ishlarini olib bormoqda. 

Sherif vakili Roza Silvaning aytishicha, vahshiy hayvon bolani bog‘ning — «Yetti dengiz ko‘li» attraksioni yaqinida suvga ostiga tortib ketgan.

Mutaxassislar hodisa joyini o‘rab olgan, bolani qidirish ishlari davom etmoqda. Sohilbo‘yida tez yordam mashinalari navbatchilik qilmoqda.

Top