21:15 / 15.06.2016
36670

Toshkentdagi yangi Hyatt Regency mehmonxonasining ilk suratlari paydo bo‘ldi

Toshkentda qad ko‘targan yangi Hyatt Regency mehmonxonasi 300 ta xona, tomda joylashgan italyan pitstseriyasi, "Xiva" jahon xalqlari oshxonalari restorani va ochiq terrasali bar, maydoni 2300 metr kvadratdan kattaroq anjumanlar zali, 855 metr kvadratlik alohida zalga ega bino, Spa xonalar, fitnes-markaz va 20 metrlik usti yopiq basseynga ega bo‘lib, uning qurilishi 200 mln dollardan ko‘proqqa baholanmoqda, deb yozadi myday.uz nashri.

Hyatt mehmonxonalar tarmog‘iga tegishli bu mehmonxonaning ochilishi 1 iyulga belgilangan. 

Mehmonxonaning oldi sharqona bezak elementlaridan foydalangan holda neobarokko uslubida bajarilgan. Bu bezak elementlarini shuningdek zal va mebellar bezagida ham uchratish mumkin.

Mehmonxona hududida 3 food-hududlar, Chai lounge, kunbo‘yi ishlaydigan "Xiva" restorani, Sette italyan bistrosi faoliyat ko‘rsatadi.

Anjumanlar va tadbirlar uchun 2300 metr kvadratlik anjumanlar zali va 855 metr kvadratlik zalga ega alohida bino ko‘zda tutilgan.
 
Mehmonxona 300 xonadan iborat, ulardan 38 tasi "lyuks" toifasiga mansub, 5 ta diplomatik xona va bitta prezident xonasi mavjud. Xonalar maydoni 35 metr kvadratdan 190 metr kvadratgacha bo‘lib, mehmonxonaning ichki bezagida asosan karamel va qaymoq rangli tuslardan foydalanilgan. Bezaklarda o‘zbek rassomlari ishlaridan foydalanilgan.

Top