21:49 / 15.06.2016
3493

Twitter tomonidan SoundCloud xizmatiga 70 mln dollar sarmoya kiritildi

Twitter kompaniyasi SoundCloud musiqa xizmatiga 70 million dollar investitsiya kiritdi. Bu haqida Recode xabar beradi.

Twitter ijrochi direktori Jyek Dorsi nashrga Twitter Ventures kompaniyasi orqali kiritilgan sarmoya haqida so‘zlab berdi. U mikroblog xizmati asoschilaridan biri investitsiya qiymatini oshkor etmagan.  

Recode ma'lumotiga ko‘ra, SoundCloud’ni moliyalashtirishning yangi bosqichi doirasida 100 mln dollarga yaqin (ulardan 70 mln dollari Twitter tomonidan kiritilgan) sarmoya jalb etilgan. Bitim yakuni bo‘yicha audioxosting 700 mln dollarga baholanadi.

2014 yilda Twitter SoundCloud xizmatini sotib olish imkoniyatlarini izlagan edi. Bitim u vaqtda ham 700 mln dollarga baholangan.

Top