20:59 / 15.06.2016
5580

Jyek Ma "sifatli analoglar" original mahsulotlardan ustunroq ekanligi haqida so‘zlab berdi

Alibaba Group kompaniyalar guruhi rahbari Jyek Ma originallar mahsulotlar oldida ulardan nusxa ko‘chirilgan "sifatli analoglar"ning ustunligi borligi haqida so‘zlab berdi. Uning aytishicha, qalbaki mahsulotlar sifat bo‘yicha brend mahsulotlaridan qolishmaydi, shu bilan birga ulardan ancha arzondir. Tadbirkorning so‘zlarini Bloomberg axborot agentligi keltirib o‘tdi.

Tadbirkorning fikricha, qalbaki deb hisoblanuvchi mahsulotlar originallar ishlab chiqariladigan o‘sha fabrikalarda, o‘sha materiallardan ishlab chiqariladi, ularning yirik onlayn-do‘konlar orqali sotilishi yangi biznes-model hisoblanadi. 

Ma Alibaba Group qalbaki mahsulotlarga qarshi kurashga yetarlicha kuch bermasligi haqidagi axborotga izoh berib, ""Muammo shundaki, bugungi kunda qalbaki mahsulotlar brend mahsulotlariga nisbatan yaxshi sifat va yaxshi narxga ega", deya javob berdi.

Top