14:29 / 16.06.2016
5019

Atambayev: Terrorizm muammosini kuch ishlatib hal etib bo‘lmaydi

Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayevning fikricha, terrorizm va ekstremizm muammosini kuch ishlatish yo‘li bilan hal etib bo‘lmaydi. 

"Qirg‘iz Respublikasi terrorizm va ektremizmni kuch ishlatib hal etib bo‘lmasligini yaxshi tushunadi. Biz mamlakatimiz, aholi bilan ishlashning yangi usullarida namuna bo‘lishini xohlaymiz. Bundan tashqari, barqaror dunyoviy davlat qurishda diniy yetakchilar bilan ijobiy hamkorlik qilmoqchimiz", — degan prezident xalqaro aksilterror anjumanida qilgan chiqishida. 

Uning qayd etishicha, respublikada dushmanona kayfiyat va murosasizlik ko‘rinishlariga qarshi choralar sifatida ta'lim sohasiga bo‘lgan qarash o‘zgartirilgan. Maktab dasturlariga, diniy madaniyat bo‘yicha darslar kiritilgan. Diniy ta'lim muassasalari tizimi va me'yorlari ishlab chiqilgan. 

Prezidentning ishonch bildirishicha, davlat idoralari, fuqarolik jamiyatlari va diniy tashkilotlarning qo‘shma faoliyati diniy ekstremizmga qarshi eng yaxshi muqobil choradir. 

Qirg‘izistonning Issiqko‘l sohillarida, MDH aksil terror markazi homiyligida "Zamonaviy kommunikatsion texnologiyalar taraqqiyoti davrida ekstremistik va terroristik faoliyatga qarshi kurashda xalqaro hamkorlik" mavzusida konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.

Top