16:39 / 16.06.2016
5268

Google'ga mulozamat ko‘rsatgan ayol bir zumda mashhur bo‘lib ketdi

Google internet qidiruv xizmati qariya ayolning muloyim savollariga javob qaytardi. U qidiruv xizmatiga nisbatan «iltimos» va «rahmat» kabi so‘zlarni ishlatgan. Google’ning Britaniya bo‘limi o‘z javobini tvitterdagi sahifasida e'lon qilgan. 

85 yoshli kampirning nevarasi Ben Jon qidiruv so‘zlari yozilgan skrinshotni e'lon qilgan bo‘lib, suratda uning buvisi Google qidiruv sahifasiga kiritgan: «Iltimos, Gugl ushbu rim raqamlarini tarjima qiling: MCMXCVIII. Rahmat», degan jumlalarni o‘qish mumkin. Qisqa muddat ichida britaniyalikning tviti 17 mingdan ortiq retvit va 25 mingdan ko‘proq havola qilingan. 

«Benning hurmatli buvisi. Umid qilamizki, sizning ahvolingiz yaxshi. Milliardlab qidiruvlar orasida faqat siz bizni kuldira oldingiz. Ha bu raqam, — 1998 dir. Rahmat sizga», — deyiladi Google’ning tvitida. 

Kompaniyaning rasmiy javobigacha, ko‘pgina foydalanuvchilar kampir qidiruv xizmatining shunday muloyim javobiga arziydi, degan fikrlarni bildirishgan edi.

Top