15 iyun kuni Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti Almazbek Atambayev mamlakat qurolli kuchlari qo‘mondonligida o‘zgarishlarni amalga oshirdi.
Hujjatga ko‘ra, Qirg‘iz Respublikasi Milliy gvardiyasining yangi qo‘mondoni sifatida Mirbek Kasimkulov tayinlangan.
U shu yilning may oyida o‘z vazifasidan ozod etilgan Melis Satibaldiyev o‘rnini egallagan.