17:08 / 16.06.2016
5422

Manba: «Real» «Yuventus»ning talabidan keyin Pogbani transfer qilishdan voz kechdi

«Real» «Yuventus» yarimhimoyachisi Pol Pogbaga qiziqishni yo‘qotdi.

Tribuna.uz xabariga ko‘ra,  turinliklar futbolchining transferi uchun 140 mln yevro, futbolchi esa maosh sifatida yiliga 12,5 mln yevro so‘ragach, madridliklar klubi uni sotib olish g‘oyasidan voz kechgan.

Endilikda «Real» «Yuventus»dan ispaniyalik hujumchi Alvaro Moratani qaytarib olish niyatida. U «Espanol»ga ijaraga beriladigan Xese o‘rnini to‘ldirishi ko‘zda tutilgan.

Top