16:48 / 16.06.2016
6914

Mila Kunis va Eshton Kutcherning navbatdagi farzandi tug‘ilish arafasida

Gollivud aktyorlari Mila Kunis va Eshton Kutcher yana ota-ona bo‘lish arafasida deya xabar bermoqda People. Jurnaldagi chop etilgan yangilikni Kunisning matbuot kotibi ham tasdiqlagan. 
2015 yilning iyul oyida nikohdan o‘tgan ushbu juftlikning hozircha 20 oylik Vayatt Izabel ismli qizi bor. Manbalardan biriga ko‘ra, “Kutcher qizalog‘i va yaqinda tug‘ilajak ikkinchi farzandi haqida so‘zlaganda, quvonchli his-tuyg‘ularini yashirolmaydi”. “Otalik bilan bog‘liq bo‘lgan barcha holatlar uning uchun tabiiy holdek”, deya qo‘shimcha qiladi manba.
Kutcher “Kapalak effekti”, “Qutqaruvchi”, “Bir kuni Vegasda”, shuningdek, “Ikki yarim erkaklar” serialida suratga tushgan. Kunis esa “Qora qush”, “Yupiterning ko‘tarilishi” filmlari bilan mashhur.

Top