07:00 / 16.06.2016
6516

Olimlar keksa insonlarni nima uchun aldash osonroq ekanligini aniqlashdi

Olimlar 60 yoshdan oshgan odamlar aniq detallarni qiyinchilik bilan eslab qolishlarini xamda xotirada qolgan narsalarga ishonmasliklarini aniqladilar. Olimlar fikricha, keksa insonlar ko‘pincha firibgarlar qurbonlariga aylanishlarining sababi ham shudir. Ushbu tadqiqot Neuropsychologia jurnalida chop etildi.

Jorjiya texnologik instituti olimlari ikki guruh odamlarga turli rangdagi xonalarning (misol uchun, mehmon kutiladigan xona) suratlarini ko‘rsatishdi. Bir guruhda 60 va undan katta yoshdagilar, ikkinchisida esa kollej talabalari bo‘lgan. Olimlar ishtirokchilarni e'tiborlarini bir detallarga qaratib, qolganlarini inkor qilishni so‘rashdi. Bir soatdan keyin ishtirokchilarga ularga e'tiborni jamlash so‘ralgan obektlar haqida savollar berildi. Talabalar vazifani yaxshi uddalay oldilar, keksalar esa adashib, qat'iy javob bera olishmagan.

Sinaluvchilar savollarga javob berayotganlarida olimlar elektroentsefalografiya yordamida ularning miyalari faolligini kuzata olishlari uchun miyalariga datchiklar ulab qo‘yildi. Olimlar keksalarga aniq detallarni eslash uchun ko‘proq vaqt va kuch talab qilinganini aniqlashdi, chunki ular yaqinda bo‘lib o‘tgan voqealarga fikran qaytib, bo‘lib o‘tgan voqeaning barcha detallarini, jumladan ulardan inkor qilish so‘ralgan detallarni jonlantirishga harakat qilishgan. Talabalar kerakli axborotni tezroq topa olishgan, chunki ularning miyasi ortiqcha detallar bilan yuklanmagan bo‘lgan.

Olimlarning aytishicha, keksalar shovqinli vaziyatda yuz bergan suhbatning detallarini eslashga harakat qilishganda, ular xotiralarida ko‘p ortiqcha lahzalarni tiklantiradilar: qanday musiqa ijro etilgan, ularning atrofida kimlar turgan va ular nima haqida suhbatlashishgan. Xotiralarning bunday betartibligi keksa insonlarning ko‘pincha moliyaviy firiblarning qurbonlariga aylanishlarining sababi bo‘lishi mumkin, misol uchun, jinoyatchilar umuman bo‘lmagan suhbat haqida eslatganda.

Top