12:03 / 16.06.2016
11171

Rossiya AQSh davlat qarzidagi ulushini qisqartirdi

RF aprel oyi yakunlariga ko‘ra, AQSh davlat obligatsiyalaridagi (US Treasuries, UST) ulushini qisqartirdi. Bir oy mobaynida investitsiyalar hajmi 3,5 mlrd dollarga qisqarib, 82,5 mlrd dollarni tashkil etgan. Ushbu ma'lumotlar, Amerika moliya vazirligi saytida e'lon qilingan. 

Qayd etish joiz, Rossiya AQSh davlat qarziga kiritgan sarmoyasi bo‘yicha 16-o‘rindan 17-o‘ringa tushgan. 

Hozirgacha, AQSh obligatsiyalarining eng yirik egasi bo‘lgan Xitoy aprel oyida o‘z hissasini 1,244,6 trln dollardan 1,242,8 trln dollargacha qisqartirgan. 

Ikkinchi o‘rinda turgan Yaponiya, AQSh davlat qarzidagi ulushini, aksincha oshirib, 1,137,1 trln dollardan 1,142,8 trln dollarga yetkazgan. 

Bu borada uchinchi o‘rinda Kayman orollari turadi. Uning hissasi bir oyda 265 mlrd dollardan 258,5 mlrd dollarga tushgan. Top-5 likka, shuningdek, Irlandiya (257,9 mlrd dollar) va Braziliya (249,1 mlrd dollar) kiradi.

Umuman, jahon mamlakatlari US Treasuries’ning 6,238 trln dollarlik obligatsiyalariga egalik qiladi. Bu raqam bir oyda 35 mlrd dollarga ko‘paygan.

Top