21:59 / 16.06.2016
9658

Uyqusizlikdan qutilish uchun kamroq uxlash kerak

Surunkali uyqusizlikdan qutulish uchun iloji boricha to‘shakda kamroq vaqt o‘tkazish kerak, deb hisoblaydi Pensilvaniya universiteti olimlari. Yakuniy xulosalar bedorlik bilan kurashish uchun uyqu davomiyligini qisqartirish kerakligi to‘g‘risidagi yuqorida aytib o‘tilgan fikrlarni tasdiqladi. O‘tkazilgan tadqiqot natijalari o‘ttizinchi marotaba o‘tkazilayotgan SLEEP 2016 yillik anjumanida taqdim etildi. Bu haqida Medical News Today tibbiyot portali xabar beradi.

400 dan ortiq kishi ishtirok etgan tadqiqot yarim yil mobaynida amalga oshirildi. Bu davrda 394 ishtirokchi o‘zining sog‘lom uyqusini saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi, 31 nafari esa bir marta stressli uyqusizlik, yana 31 kishi surunkali uyqusizlikni boshdan kechirishdi. Barcha kuzatuvlar olti oy davomida qayd etib ishtirokchilar borgan kundaliklarga asoslanib o‘rganildi. Kech uyg‘onish hisobiga uyqu bilan bog‘liq muammolardan qutilishga harakat qilgan insonlarda stressli uyqusizlik oxir-oqibat surunkaliga aylangan.

Misol uchun, agar inson tungi 11da uxlashga yotsa va qo‘ng‘iroq soatini tonggi 7 ga qo‘ysa, baribir 5.30da uyg‘onaveradi. Shu vaqtda darhol uyg‘onib, ish qilishga kirishish kerak. Olimlar bu holat nafaqat stressli uyqusizlik, balki surunkali uyqusizlikni ham yengishga yordam berishini qayd etishmoqda. 

Top