16:46 / 17.06.2016
4131

BMT bosh qarorgohi bo‘ylab sayohat Nyu Yorkning Top-10ligiga kirdi

Nyu York shahrining e'tiborga molik joylarining Top-10taligiga BMT bosh qarorgohi bo‘ylab sayohat ham kirdi, deb xabar qilmoqda BMT radiosi. 

«Shahar merligi tomonidan sayyohlar uchun nashr qilinadigan «Nyu-York bo‘ylab sayohat» to‘plamiga BMT bosh qarorgohi ham kiritildi», – deb bayonot bergan tashkilot matbuot kotibi Stefan Dyujarrik.

Uning so‘zlariga ko‘ra, shahar mehmonlariga ish kunlari BMT binosida tashkil etiladigan sayohatlar taklif etilmoqda. 

Dyujarrikning fikricha, bunday ekskursiyalar tashkilot faoliyati bilan yaqindan tanishish imkonini beradi. 

Bundan tashqari, ekskursiyalar BMTning oltita rasmiy tilida olib boriladi.

Top