14:16 / 17.06.2016
5131

Suriyalik elchi al-Bag‘dodiyning jarohat olgani haqida ma'lum qildi

Suriyaning Rossiyadagi elchisi Riyod Haddod IShID yetakchisi al - Bag‘dodiyning jarohatlangani haqida ma'lum qildi. Bu haqida RIA "Novosti" xabar berdi. 

"Uning o‘limi haqida aniq xabar yo‘q, ammo men uning yaralanganini aniq bilaman. Biroq buning ahamiyati yo‘q, zero yaqin kunlarda nafaqat IShID yetakchisi, balki uning boshqa a'zolari ham yo‘q qilinadi", - dedi u. 

Bundan avval ommaviy axborot vositalari Abu Bakr al-Bag‘dodiyning AQSh koalitsiyasining aviazarbasi natijasida halok bo‘lgani haqida xabar berishgan edi.

Top