13:45 / 17.06.2016
4567

WSJ: Revlon 870 mln dollarga raqobatchi firma Elizabeth Arden'ni sotib olmoqda

Kosmetika ishlab chiqaruvchi Revlon kompaniyasi Elizabeth Arden firmasini 870 million dollarga sotib olishga rozi bo‘ldi. Bu haqida The Wall Street Journal xabar berdi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Elizabeth Arden aksiyasi uchun kompaniya 14 dollar to‘laydi, bu firmaning yopilish paytidagi aksiyalari narxiga 50 foizli mukofot bo‘ladi.

Revlon raqib firmani sotib olish va uning qarzlarini to‘lashga BofA va Citigroup'dan 2,6 milliard dollar moliyaviy majburiyatlarini, shuningdek 1,8 milliard dollar uzoq muddatli kreditlarni yo‘naltiradi. 

Elizabeth Arden'ni sotib olish  Revlon'ning terini parvarish qilish vositalari va parfyumeriya sohasidagi o‘rnini yuksaltiradi, shu bilan birga kompaniyaning geografik hududini ham kengaytiradi. Kosmetika brendlarining qo‘shilishidan so‘ng kompaniyaning yillik sotuvi taxminan 3 milliard dollarni tashkil etishi kerak. 

Ikki kompaniya vakillarining ma'lum qilishicha, bitim 2016 yilning oxiriga borib yakunlanadi.

Top