14:44 / 17.06.2016
20469

Jizzaxda uch egizak tug‘ildi

Jizzax viloyatining Arnasoy tumani «Baxtli» mahallasida yashovchi Adham Erdoshovlar oilasida biryo‘la uch chaqaloq – ikki o‘g‘il, bir qiz dunyoga keldi. Bu haqda O‘zA xabar bergan.

Ota-ona farzandlariga Hasan, Husan va Zulayho ismlarini qo‘ydi.

«Chaqaloqlar sog‘lom va tetik. Vazn va bo‘y me'yorda o‘smoqda. Chaqaloqlar ham, ularning onasi ham doimiy tibbiy nazoratda», deydi hamshira Go‘zal Tillayeva.

Bundan avval ham Qoraqalpog‘istonda, Toshkentda tug‘ilgan uch egizaklar haqida xabar berilgandi.

Top