08:32 / 18.06.2016
10604

Putin: biz AQShning yangi prezidentini so‘zlari emas, balki ishlari bo‘yicha baholaymiz

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi vaqtida xorijlik jurnalistlarning u AQSh prezidenti sifatida kimni ko‘rishni istashi haqidagi savoliga "Rossiya istalgan yangi prezident bilan ishlashga tayyorligini" aytdi. 

"Nomzodlarning saylovoldi nutqi qandayligidan qat'i nazar, biz ularning so‘zlariga emas, ishlariga baho beramiz. Munosabatlarni normallashtirish, iqtisodiyot, xalqaro xavfsizlik sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yo‘llarini qidiramiz", deb aytdi Putin.

"Bir narsani afsus bilan aytish qoladiki, Rossiyadan AQShda har bir saylovoldi kampaniyasi vaqtida foydalanib kelinadi, bu besamar ishdir", deb qo‘shimcha qildi Putin. 

Avvalroq Putin forum doirasida AP, Reuters va Xinhua kabi yirik axborot agentliklari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazgani ma'lum qilingandi.

Top