00:10 / 18.06.2016
7898

Telegramdagi zaiflik uzoqdagi smartfonni "ishdan chiqarishi" mumkin

Xavfsizlik sohasidagi ekspertlar Telegram messenjerida zaiflik borligini payqashdi. Unga ko‘ra, telegramda bitta yuborilgan xabar orqali suhbatdoshning smartfoni “ishdan chiqishi” mumkin. Bu haqida eronning Sad Ghaf resursi xabar beradi.

Mutaxassislar qayd etishicha, messenjerda yuborilgan xabarni cheklashni (1 baytdan kam va 4096 bayt ko‘p bo‘lmagan holda) chetlab o‘tish mumkin. Ekspertlar buni chetlab o‘tib, shu tariqa ko‘proq xabarlarni jo‘natishga muvaffaq bo‘lishdi. 

Tajriba doirasida 30 kb uzunlikdagi xabarlar jo‘natildi. Shundan so‘ng uni qabul qilgan smartfon ishlashdan to‘xtaydi. Zaiflik manzillar ro‘yxatida raqam yozilgan bo‘lishi yoki yo‘qligidan qat'i nazar, istalgan foydalanuvchiga yuborilishi bilan xavflidir. 

Smartfonning «ishdan to‘xtashi» operativ xotira tezda to‘lgani uchun qurilmaning normal ish jarayoniga o‘z ta'sirini ko‘rsatadi. «Muammo»ni aniqlagan ekspertlar bu haqida Telegram administratsiyasini ogohlantirishdi.

Top