09:31 / 19.06.2016
3976

Har oy O‘rta Yer dengizida o‘rtacha 450dan ortiq muhojir halok bo‘lmoqda 

Gretsiyaning Lesbos orolidagi qochqinlar lageriga tashrif buyurgan BMT bosh kotibi Pan Gi Munning ma'lum qilishicha, har oy O‘rta Yer dengizida Yevropaga yetib olish maqsadida bo‘lgan qariyb 450ga yaqin qochqin va muhojirlar halok bo‘lmoqda. Uning chiqishidan ko‘chirmalar Butunjahon organizatsiyasining matbuot xizmatida keltirilgan.

"Har kuni minglab oilalar o‘z uyini tark etadi. Har oy 450 kishi O‘rta Yer dengizida halok bo‘lmoqda. Bu qit'alararo uchuvchi ikkita yo‘lovchi samolyotidagi  insonlar soni bilan tengdir", - deya ta'kidladi BMT ma'muriyati rahbariyati jurnalistlarga.

Afinaning Lesbos oroliga tashrif buyurishdan avval Pan Gi Mun Gretsiya bosh vaziri Aleksis Tsipras bilan uchrashib, mamlakat nomiga qochqin va muhojirlarga ko‘rsatayotgan ko‘magi uchun maqtov so‘zlari bildirib o‘tdi. 

"O‘zining iqtisodiy qiyinchiliklariga qaramay, Gretsiya insonlar hayotini saqlab qolib, oliyjanoblik ko‘rsatmoqda ", - deya qayd etdi Pan Gi Mun.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bolqon mamlakati xalqaro hamjamiyat tomonidan keng ko‘lamda qo‘llab-quvvatlashga muhtojdir. 

"Iqtisodiy muammolar Gretsiya bu muammoni bir o‘zi hal qilishiga yo‘l qo‘ymasligi mumkin", - qo‘shimcha qildi u.

"Shuningdek, biz chegaralar yopiqligi, devorlar o‘rnatish va  murosasizlikka birgalikda qarshi turishimiz kerak", - deya qayd etdi Pan Gi Mun Yevropa mamlakatlarini muhojirlarga nisbatan inson huquqlari va gumanitar munosabatlarni hurmat qilishga chorlab.

Uning so‘zlariga ko‘ra, muhojirlarni hibsga olish xulosasi mutloqo noto‘g‘ri  ishdir.

"Bunga zudlik bilan chek qo‘yish kerak ", - deya qayd etdi u.

Top