20:43 / 19.06.2016
4204

Iordaniya sudi norvegiyalikni terrorchilik uchun 15 yillik qamoq jazosiga mahkum qildi

Iordaniya davlat xavfsizligi sudi Norvegiya fuqarosini terrorchilik uchun 15 yillik qamoq jazosiga mahkum qildi. Bu haqda Iordaniya prokuraturasi ma'lum qildi.  

Prokuratura bergan xabarga ko‘ra, iroq millatiga mansub 49 yoshli norvegiyalik sud tomonidan teraktlar sodir etish maqsadida portlovchi moddalarni tashish va qo‘llash ayblovi bo‘yicha 15 yilga ozodlikdan mahrum etildi. 

Sudlanuvchi 2015 yil aprelda hibsga olingan. Huquq-tartibot muassasalari xodimlari jazolanuvchi Ammandan 50 km uzoqlikdagi Jyerash viloyatidagi Al-Xarjiya aholi punktida saqlagan 45 kg portlovchi moddani aniqlashgan. Norvegiyalikning advokatlari Iordaniyada buning uchun ajratilgan uch kunlik muddat ichida jazo hukmi ustidan shikoyat berishmoqchi.

Top