07:08 / 19.06.2016
6259

Ukrainaning Odessa viloyatida zaharlanganlar soni 300 kishidan ortib ketdi

Ukrainaning Izmail shahri shifoxonalariga 300 dan ko‘proq odam zaharlanish alomatlari bilan murojaat qildi. Bu haqda Odessa viloyati gubernatori Mixail Saakashvili Facebook’dagi sahifasida ma'lum qildi. 

"Ommaviy zaharlanish jalali yomg‘irlar oqibatida ichimlik suvining ifloslanishi natijasida yuz bergan bo‘lsa kerak. Shubhasiz, tabiiy ofat istalgan davlatda bunga o‘xshash vaziyatga sabab bo‘lishi mumkin, biroq Ukraina janubi infratuzilmasi eskirib ketganini unutmaslik lozim", deb yozdi Saakashvili.

Saakashvili ushbu vaziyatni Ukraina bosh vaziri Vladimir Groysman va Sog‘liqni saqlash vaziri majburiyatini bajaruvchi Viktor Shafranskiy bilan muhokama qilganini qo‘shimcha qildi. 

18 iyunda Izmail shahrida ichak infeksiyasi avj olishi bilan bog‘liq holda favqulodda vaziyat kiritilgani ma'lum qilingandi. O‘sha vaqtda zaharlanish alomatlari bilan 201 kishi, jumladan 19 bola shifoxonalarga murojaat qilgan. Ularning ahvoli o‘rta darajadagi og‘irlikda baholangandi.

Shahar rahbariyati umumiy ovqatlanish joylari va bozorlarni yopishga buyruq bergan. Shuningdek, odamlarning oqmas suv havzalariga yaqinlashishi taqiqlangan.

Top