10:19 / 20.06.2016
4806

BC Card «Aloqabank» AJ aksiyalarini xarid qilmoqchi

O‘zbekiston banklar Assotsiatsiyasida Janubiy Koreyaning BC Card kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tomonlar o‘zaro muloqot chog‘ida, «Aloqabank» AJ nizom jamg‘armasidagi davlat ulushini BC Card kompaniyasiga sotish masalasini muhokama etishdi.

Unda, shuningdek, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida ham hamkorlik qilish ehtimollari ko‘rib chiqilgan. 

Eslatib o‘tamiz, «Aloqabank» AJ nizom jamg‘armasidagi davlat ulushi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 21 dekabrdagi «Aktsionerlik jamiyatlariga xorijiy sarmoyadorlarni jalb etish bo‘yicha qo‘shimcha choralar to‘g‘risida»gi qarori ijrosi yuzasidan sotuvga qo‘yilgan.

Top