14:25 / 20.06.2016
8536

Dubayda dunyodagi eng qimmat avtoshinalar sotildi

Dubayning Z Tyres kompaniyasi Z1 rusumli 4 dona shinalar to‘plamini 600 ming AQSh dollariga sotishga muvaffaq bo‘lgan. Shinalarga, olmoslar va 999 probali oltin bilan ishlov berilgani xabar qilinmoqda. 

Bu mahsulotlar allaqachon, Ginnessning rekordlar kitobidan ham joy olishga ulgurgan. Xaridor ismi-sharifi oshkor qilinmagan bo‘lsa-da, savdodan tushgan mablag‘ rivojlanayotgan mamlakatlarda ta'lim dasturlari bilan shug‘ullanuvchi Zenises xayrim jamg‘armasiga o‘tkazilgani xabar qilinmoqda. 

Ushbu to‘plamni ishlab chiqishda Hindistonning Joaillier Privé zargarlik firmasi ham ishtirok etgan. Kompaniya xabarida aytilishicha, Z1 shinalari «nafaqat moliya sohasini, balki texnik jihatdan mukammal shinalar baxsh etadigan hissiyotlarni ham tushunadigan haydovchilar uchun yangi standart belgisidir».

Top