12:21 / 20.06.2016
5019

Qirg‘iziston markaziy banki 7,55 mln dollarlik valyuta intervensiyasini amalga oshirdi

Qirg‘iziston Milliy banki, respublika valyuta bozorida dollar sotib olish yo‘li bilan navbatdagi intervensiyani amalga oshirgan. Bu haqda, mamlakat bosh moliya muassasasi saytida xabar qilingan. 

"Savdo summasi 7,55 mln AQSh dollarini tashkil etgan", - deyiladi hujjatda. Mahalliy ekspertlarning ta'kidlashlaricha, Markaziy bank Amerika valyutasining milliy pul birligiga nisbatan qadrsizlanishini sekinlashtirish maqsadida shunday choraga qo‘l urishga majbur bo‘lgan. Valyuta bozorida dollar xarid qilinishi kamaysa, uni Milliy bank xarid qiladi. 

Shunga qaramay, Qirg‘izistonda dollar asta-sekinlik bilan arzonlashishda davom etmoqda. Yil boshidan beri uning kursi 11-12 foizga pasaygan. 

Umuman, yil boshidan beri Qirg‘iziston markaziy banki shu maqsadda, mahalliy valyuta bozoridan 127 mln dollar xarid qilishga ulgurgan.

Natsionalnyy bank Kirgizii prove

Top