14:31 / 20.06.2016
21881

Shifokorlar sayohat qilish inson miyasini qanday o‘zgartirishiga oydinlik kiritishdi

Barchaga ma'lumki, toza havoda dam olish yaxshi kayfiyat ulashadi va hayotga kuch bag‘ishlaydi. Yaqinda shifokorlar uning miya faoliyatiga ham ta'siri borligini aniqlashdi. Albatta, ijobiy tomonga. 

Sayyoramizning eng yovvoyi va  kimsasiz yerlaridagi tabiat qo‘ynida sayohat qilish va dam olish nafaqat yorqin lahzalarni hadya etadi, balki doimiy o‘ylashdan halos qiladi. Olimlar va shifokorlarning fikricha, tushkun kayfiyat bilan kurashishning eng yaxshi usuli — vaqtinchalik miya faoliyatini to‘xtatib qo‘yish. 
Qizig‘i shundaki, aynan “to‘xtash” holatida inson miyasi tom ma'noda o‘zgarishni boshlaydi. 

Bu nazariyani tasdiqlash uchun tadqiqotchilar yarim soat o‘rmon bo‘ylab sayr qilgan kishilar guruhini sinovdan o‘tkazishdi. Tajribaning har bir ishtirokchisida profrontal qobiq — ruhiy kasalliklarga javobgar bo‘lgan miya hududidagi faollikning sezilarli tarzda kamayganini payqashdi. Endi tabiat qo‘ynida yarim soat emas, bir necha kun vaqt o‘tkazgan kishi qanday bo‘lishini tasavvur qiling!

Fiziologiya o‘z yo‘liga bo‘lsin. Miyaning o‘zgarishi kundalik hayotga qanday ta'sir o‘tkazadi? Olimlar bu savolga ham javob topishdi. Ular ko‘ngillilar guruhidan bir necha kunga barcha gadjyetlarni o‘chirib, shahar shovqinidan olisroqda bo‘lgan yerda vaqt o‘tkazishlarini so‘rashdi. Shundan so‘ng, ko‘ngillilar ijodiy sinov va murakkab vazifalarni hal etishlari so‘raldi. Natijada, ishtirokchilarning ijodiy izlanish ko‘rsatkichi 50 foizga ortgan. Bu eng kam miqdorda!

Shunday ekan, ba'zida muhim, dolzarb deb hisoblaydigan ishlaringizni bir chetga surib, kerakli narsalarni joylab, sokin va chiroyli manzaraga ega tabiat qo‘yniga sayr qilishingizni maslahat beramiz.  

Top