15:55 / 20.06.2016
3229

Volkswagen 40ta modelini ishlab chiqarishni to‘xtatishi mumkin

Germaniyaning Volkswagen avtokonserni 40ga yaqin modelini ishlab chiqarishni to‘xtatishi mumkin, deb xabar qilmoqda Handelsblatt kompaniyadagi manbaiga tayangan holda.

Uning ma'lumotlariga ko‘ra, Volkswagen rahbariyati hozircha ishlab chiqarilishi to‘xtatiladigan modellar borasida bir to‘xtamga kelmagan. 

Xabarlarga ko‘ra, bu kompaniya tomonidan avval e'lon qilingan Taraqqiyot strategiyasining bir qismi bo‘ladi. 

Dasturga muvofiq, konsern e'tiborini elektromobillar va mustaqil harakatlanuvchi mashinalar ishlab chiqarishga qaratish niyatida. 

Avtomobil modellarini ishlab chiqarishni to‘xtatish qarori esa, konsern tarkibiga kiruvchi — Volkswagen, Audi, Seat va Skoda kompaniyalariga birdek tegishli bo‘ladi.

Top