17:47 / 20.06.2016
4746

WSJ: Panama kanalining kengayishi jahon savdosini o‘zgartirishi mumkin

Boshlanishi 26 iyunga rejalashtirilgan Panama kanalining kengayish ishlari jahon savdosi uchun ulkan ahamiyat kasb etishi mumkin. Bu haqida The Wall Street Journal ma'lum qiladi.

Manbada kanalning yangilanishi dengiz kemasozligi sanoatining turg‘unlik davriga to‘g‘ri kelayotgani ta'kidlanmoqda. Osiyo-Amerika savdosining uchdan birini qayta ishlovchi kanalning kengayishdan boshqa yo‘li bo‘lmagan: kemasozlik kompaniyalari kamroq kemalardan  foydalanishmoqda, lekin ularning hajmi avvalgidan ancha katta. 

5,4 milliard dollar sarflangan to‘qqiz yillik kengaytirish ishlari kanalning yuk ko‘tarish imkonini ikki barobardan ortiq ko‘taradi, deyiladi jurnalda. 

Kengaytirish ishlari Panama kanalini Misrdagi Suvaysh kanaliga nisbatan raqobatbardosh qiladi. Ekspertlarning prognozlariga ko‘ra, uning yangilanishi natijasida 2020 yilga borib, G‘arbiy qirg‘oq portlaridan Sharqiy qirg‘oq portlariga Sharqiy Osiyo va AQSh o‘rtasidagi konteyner tashishning umumiy hajmi 10 foizgacha qayta yo‘naltirilishi mumkin. Bundan tashqari ungacha suyultirilgan tabiiy gaz (STG) kanal orqali tashib o‘tiladigan asosiy mahsulotlardan biri bo‘lishi kutilmoqda. 

Biroq hozircha Panama kanalining kengayishi kemasozlik sohasi uchun panatseya hisoblanadi, deyiladi manbada.

Bu AQShning sharqiy qirg‘oqlaridagi barcha portlar va kengaytirish va infratuzilma ishlariga milliard dollarlab tikkan korxonalar uchun muvaffaqiyat garovi bo‘la olmaydi.

Top