22:47 / 20.06.2016
5865

“Ziyo” studiyasining “Ramazon tuhfasi” dasturida manmanlikning illat ekanligi haqida...

Inson tug‘ilganidan to umrining oxiriga qadar hamisha harakatda bo‘ladi. Avvalo o‘zi, so‘ngra oilasi, ota-onasi va farzandlarining baxti uchun yelib yuguradi. Hayotining so‘nggi damlarida esa, ortiga qayrilib boqar ekan, qilgan savob ishlaridan sevinadi yoki bil'aks, besamar o‘tgan umriga achinib, pushaymonlar chekadi. Albatta, o‘zidan keyin yaxshiliklar qoldirgan inson eng baxtli hayot sohibidir. Yaxshilikning savobi esa uning chin ko‘ngildan, ixlos bilan bajarilishiga bog‘liq. 
 “Ziyo” studiyasining “Ramazon tuhfasi” dasturi orqali siz azizlarga taqdim etmoqchi bo‘lgan navbatdagi ko‘rsatuv ham aynan shu mavzuga  bag‘ishlangan. Qalb xastaliklaridan sanalmish riyo hamda xo‘jako‘rsin uchun bajarilgan amallarning zararlari haqida “O‘zbekiston” teleradiokanali orqali efirga uzatiladigan “Manmanlik – illat” nomli  ko‘rsatuv orqali so‘z yuritiladi. 

Ko‘rsatuv 20 iyun  kuni kechki soat 18:45 hamda takroran 21 iyun tonggi soat 02:50 da e'tiboringizga havola etiladi.

Top