22:55 / 21.06.2016
4272

AQSh afg‘on armiyasini uch yil ichida 9 mlrd dollar bilan ta'minlaydi

Qo‘shma Shtatlar 2018 yildan 2020 yilga qadar har yili afg‘on armiyasini 3 mlrd dollardan ta'minlab boradi, deb xabar bermoqda Reuters.
Bu haqda AQShning Afg‘oniston va Pokistondagi maxsus vakili Richard Olson aytib o‘tgan.

Bundan tashqari, Olsonning aytishicha, AQSh hukumati mamlakat Senatidan Afg‘onistonga 2018 yildan 2020 yilga qadar har yili 1 mlrd dollardan iqtisodiy yordam ko‘rsatishga ruxsat berishni so‘rashni rejalashtirgan.

Top