14:56 / 21.06.2016
4905

Anjyelina Joli AQSh davlat kotibi bilan qochoqlar masalasini muhokama qildi

Hollivud aktrisasi va BMT tashkilotining qochqinlar masalasi bo‘yicha maxsus elchisi Anjyelina Joli Vashingtondagi AQSh Davlat departamentiga tashrif buyurdi. Bu haqida Davlat departamentining rasmiy saytida ma'lum qilingan. 

Idora rahbari Jon Kerri bilan birga "Oskar" mukofoti laureati qochqinlar bilan bog‘liq inqirozli vaziyat borasida muhokama qildi. 

"Men odamlarni 65 million kishi o‘z turar joylarini yuzaga kelgan mojarolar tufayli tark etishganini tushunishlarini so‘rayman. Biz jahon urushlari bilan yuzma-yuz turibmiz, biz uni inkor ham etolmaymiz, unga teskari o‘girilib ham keta olmaymiz. Bunday yo‘l tutish mas'uliyatsizlikdan dalolat beradi va u katta xavf-xatarga olib keladi", - dedi Joli. 

Aktrisaning so‘zlariga ko‘ra, tanlov mavjud: hammasini o‘z o‘rnida qoldirish yoki boshqa mamlakatlar bilan birlashib, muammoning yechimini topishga yangicha yondashish.

Top