19:49 / 21.06.2016
6095

Azar o‘zini Zlatan bilan solishtirmaslikni so‘rab, o‘zi unga nimani o‘rgatib qo‘yishi mumkinligini aytdi

Belgiya terma jamoasi yarim himoyachisi Eden Azar Yevro-2016 doirasida Shvetsiyaga qarshi kechadigan o‘yin oldidan matbuot anjumanida qatnashdi va o‘zini shvedlar hujumchisi Zlatan Ibrahimovich bilan taqqoslamaslikni so‘radi.

«Bizning jamoamiz Ibrahimovichga nisbatan katta hurmat bilan qaraydi. Men u bilan klub darajasida uchrashib ulgurganman. 

O‘zimni Ibrahimovich bilan tenglashtirishga jur'at eta olmayman. 

Mening maydondagi vazifam to‘pni olib, aylantirib, vaziyatlar yaratish. Ibrahimovich esa, „to‘qqizlik“ hujumchi.

Undan qanday jihatlarni olgan bo‘lardimmi? Yaxshisi, u mendan dribling ishlatishni o‘rgansin. 

Shvetsiya terma jamoasi tarkibida Zlatandan boshqa futbolchilar ham bor. Biz raqibning har bir futbolchisini yaxshi o‘rganib chiqqanmiz», - deya Azarning so‘zlarini keltiradi L’Equipe nashri.

Belgiya terma jamoasi birinchi turda Italiyaga yutqazgan, ikkinchi turda Irlandiyani yenggan va 3 ochko to‘plagan. Shvetsiya esa Italiyaga yutqazib, Irlandiya bilan o‘yindan 1 ochko olgan. Shvetsiya va Belgiya uchrashuvi 22 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.

Manba: Tribuna.uz

Top