15:25 / 21.06.2016
3969

Gretsiyaga ikkinchi kredit transhi ma'qullandi

Yevropa barqarorlashtirish mexanizmi (ESM) Gretsiyaga 7,5 mlrd yevrolik xalqaro makromoliyaviy yordam to‘plamini ajratishga qaror qildi, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi YeSM rahbari Klaus Reglingga asoslangan holda.

Bu, Gretsiyaga uchinchi makromoliyaviy yordam dasturi bo‘yicha ikkinchi transhining birinchi to‘plamidir. Uning umumiy qiymati 86 mlrd yevroni tashkil etadi. Bu dasturning ilk transhini Afina 2015 yil avgustida olgan edi. 

Reglingning qayd etishicha, Gretsiyaga berilayotgan mablag‘lar, imtiyozli asosda taqdim etilmoqda. Kredit 32 yil muddatga 1 foizdan kam bo‘lgan ustama haq evaziga berilmoqda. 

Bunga javoban, Gretsiya hukumati davlat byudjyeti profitsiti darajasiga oid o‘z zimmasiga olgan majburiyatni bajarishi kerak bo‘ladi.
 
Xalqaro kreditorlar bilan erishilgan kelishuvga muvofiq, Gretsiya davlat byudjyeti profitsiti 2018 yilga kelib, YaIMning 3,5 foizini tashkil etishi kerak.

Top