22:07 / 21.06.2016
23244

Xitoy rahbari rafiqasi bilan Toshkentga yetib keldi

21 iyun kechki payt Xitoy raisi Si Tszinpin rafiqasi Pen Liyuan bilan Toshkentga yetib keldi. Poytaxt aeroportida ularni O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov va uning rafiqasi Tatyana Karimova kutib oldilar, deb xabar bermoqda "Sinxua" axborot agentligi tvitterda.

Xitoy raisining O‘zbekistonga safari 22 iyungacha davom etadi, so‘ngra u Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlarning Toshkentdagi sammitida ishtirok etadi.

Xitoy raisi bilan o‘tkaziladigan oliy darajadagi uchrashuv va muzokaralarda Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlarning joriy holati va istiqbollari muhokama qilinadi. Shuningdek, bir qator hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.

Xitoy raisining safari dasturida uning Oliy majlis Senati a'zolari va Qonunchilik palatasi deputatlari oldida nutq so‘zlashi ko‘zda tutilgan.

Si Tszinpin Toshkentga Buxoroga uyushtirgan qisqa safaridan keyin keldi. Xitoy rahbari qadimiy Buxoroning diqqatga sazovor joylari bilan tanishib chiqdi.

Top