22:11 / 21.06.2016
5861

Litva AQShdan tankka qarshi tizimlar sotib olmoqda

Litva mudofaa vaziri Yuozas Olyakas uning mamlakati 7 mln yevroga AQShning o‘rta masofalarga mo‘ljallangan tashib yuriluvchi tanklarga qarshi Javelin raketa majmualarini sotib olayotganini ma'lum qildi. Bu haqda "Interfaks" axborot agentligi xabar bermoqda.

"Biz AQSh bilan qo‘shimcha tanklarga qarshi raketalar va Javelin majmualarini sotib olish bo‘yicha shartnomani yangiladik", deb ma'lum qildi Olyakas.

Vazirning ta'kidlashicha, raketa va tizimlar bu va keyingi yilda kelishi kerak. 

Ta'kidlanishicha, Olyakas "xavfsizlik nuqtai nazaridan" Litva sotib olayotgan qurolning miqdorini oshkor qilmagan.

Top