19:33 / 21.06.2016
7454

Microsoft tajribasi orqali eng tejamkor brauzer nomi aniqlandi

Noutbuk foydalanuvchilariga akkumulyatorining quvvati brauzerlarda qancha tezlikda sarf qilinishi qiziq bo‘lsa kerak. Microsoft dasturchilari ham bu masalaga oydinlik kiritishga qaror qilishdi. Tajriba maqsadida to‘rtta bir xil Surface Book noutbuklarida Wi-Fi orqali yuqori tezlikdagi bir xil oqimli, biroq turli brauzerlardan video qo‘yildi. Sinov uchun esa eng yaxshi dasturlar tanlandi: Mozilla Firefox, Google Chrome, Opera va albatta, Microsoft Edge.

Noutbukdagi eng yomon natija Chrome brauzerida qayd etildi. Uning quvvati 4 soatu 20 daqiqaga yetdi. Firefox o‘rnatilgan kompyuter esa Chrome'dagiga nisbatan 50 daqiqa ko‘proq ishladi. Opera'da ishlayotgan noutbuk akkumulyatorining quvvati 6 soatu 18 daqiqaga chidab berdi. Brauzerlar orasida batareyani tejab ishlatish bo‘yicha tajriba g‘olibi 7 soatu 22 daqiqa natija bilan Microsoft Edge bo‘ldi. Shunday qilib,  Edge brauzeri  Chrome'dan 70 foiz samaraliroq, Firefox'dan 43 foiz yaxshiroq  va Opera'dan 17 foiz tejamliroq ishladi.

Video tomosha qilish, ishga tushgan oynalar yuklanishi, ochiq saytlarning avtomatik ish tartibi bo‘yicha laboratoriya sharoitlarida yana shunga o‘xshash test o‘tkazildi. Natijalar avvalgiga nisbatan o‘xshash bo‘ldi: Microsoft Edge  boshqa brauzerlarga nisbatan  akkumulyatorni ancha tejashi aniqlandi.

Top