11:29 / 21.06.2016
7312

Rossiya RQM tizimi aksilraketasining sinovini o‘tkazdi

Rossiya harbiy havo-kosmik kuchlarining havo hujumi va raketalarga qarshi mudofaa qo‘shinlari, yaqin masofali raketalarga qarshi mudofaa tizimi aksilraketasining sinovini muvaffaqiyatli o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti» agentligi.

Havo hujumi va raketalarga qarshi mudofaa qo‘shinlari qo‘mondoni Viktor Gumenniyning bayonot berishicha, 21 iyun seshanba kuni Sari-Shagan poligonida amalga oshirilgan sinov amaliyotida "Rossiya RQM tizimining aksilraketasi o‘z oldiga qo‘yilgan vazifani bajarib, belgilangan vaqtda belgilangan nishonni urgan».

Qayd etilishicha, ushbu sinovdan ko‘zlangan maqsad, jangovar navbatda turgan RQM tizimi aksil raketalarining taktik-texnik tavsiflarini tasdiqlashdan iborat bo‘lgan.

Top