10:15 / 22.06.2016
7960

Abdulaziz Komilov ShHT davlatlari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi

2016 yilning 21 iyun kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar Milliy koordinatorlari kengashining majlisida ishtirok etayotgan Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston, Xitoy va O‘zbekistonning muxtor vakillari bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida 23 iyunda Toshkent shahrida o‘z ishini boshlaydigan ShHT Sammitiga tayyorgarlik bilan bog‘liq masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Vazir o‘z nutqida 2015 yilning iyun oyidan buyon O‘zbekistonning ShHTda raisligi davridagi konstruktiv va samarali faoliyatlari uchun milliy koordinatorlarga va majlisning barcha ishtirokchilariga minnatdorchilik bildirar ekan tashkilot va uning barcha institutlari faoliyatida Milliy koordinatorlar kengashining muhim rol o‘ynashini ta'kidladi.

Top