23:51 / 22.06.2016
4214

Axborot texnologiyalari vazirligi davlat xizmatlarini yaxshilash bo‘yicha trening o‘tkazmoqda

2016 yilning 20 iyun kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida O‘zbekistondagi davlat organlari xodimlari uchun biznes-jarayonlarning reinjiniringi bo‘yicha trening boshlandi.
Trening ishida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish Markazi, “UNICON.UZ”DUK hamda“UZINFOCOM” Markazi xodimlari ishtirok etishmoqda.
Sakkiz kun davom etadigan treningni Koreya axborot jamiyatini rivojlantirish instituti(KISDI)ning xalqaro eksperti Minju No o‘tkazmoqda. Trening davomida davlat organlari xodimlaribiznes-jarayonlarning reinjiniringibo‘yicha bilim olishadi. 
Trening davomida qatnashchilar biznes jarayonlaridagi reinjiniring bo‘yicha o‘z malakalarini quyidagi davlat xizmatlarida sinab ko‘rishlari mumkin: biznesni ro‘yxatga olish, ko‘chmas mulkni ro‘yxatga olish, ko‘chmas mulk oldi-sotdisi, daromadlar to‘g‘risida soliq deklaratsiyasini taqdim etish va daraxtlarni kesishga ruxsat olish. Trening qatnashchilari besh guruhga (davlat xizmatlariga qarab) ajratilgan bo‘lib, ularning har biriga tahlilchilar, huquqshunoslar, AKT va jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha mutaxassislar kiritilgan.

Top