19:40 / 22.06.2016
5401

Yangi Betmobilning ilk ko‘rinishi taqdim etildi

Warner Bros. studiyasi Betmobilning ilk ko‘rinishi taqdim etdi. Undan “Adolat ligasi” filmida foydalaniladi. Superqahramonlar haqida ishlanadigan ushbu kartina muallifi Zak Snayder hisoblanadi.

Yangi Betmobil pulemyot, raketa uskunasi va zambarak bilan boyitilgan. U filmdagi “Uchar tulki” deb nomlangan dirijablga qarshi chiqadi. “Adolat ligasi” Betmen,

Mo‘'jiza-ayol, Akvamen, Kiborg va Flesh singari superqahramonlardan tashkil topgan.

Bundan tashqari, filmda “Yer chuvalchangi” deb nomlangan mashina ham ishtirok etadi.

Kartina katta ekranlarga 2017 yilning 17 noyabr kuni chiqadi.

Top